Breaking News

Iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga ko'z yumib bo'lmaydi


Jahondagi ekologik muammolarda asosan sanoatlashgan davlatlar ayblanadi. Atmosferani zaharlayotgan gazlarning 60-70 foizi aynan shu davlatlarga to’g’ri keladi.

Jahondagi ekologik muammolarda asosan sanoatlashgan davlatlar ayblanadi. Atmosferani zaharlayotgan gazlarning 60-70 foizi aynan shu davlatlarga to’g’ri keladi.

Jahon Bankining ogohlantirishicha, iqlimdagi salbiy o’zgarishlar natijasida yuzaga kelayotgan ofatlar, toshqin va qurg’oqchilikdan kambag’al davlatlar eng ko’p ziyon ko’rmoqda.

2030 yilga borib, rivojlanayotgan davlatlarga ekologik muammolarga qarshi kurash yo’lida yiliga jami 75 milliard dollar kerak bo’ladi. Tabiiy ofatlar, taraqqiyot dasturlari va energetik tadqiqotlar uchun yana milliardlab dollar zarur.

Jahon Banki qoshida bu masalani o’rganib chiqqan olima Rozina Bierbaum deydiki, iqlim o’zgarishi qashshoq davlatlarga og’ir tushmoqda. Yordamni ularga qaratish kerak.

"Rivojlanayotgan dunyoga “o’zingiz eplab ketasiz” deyish adolatdan emas. Boy davlatlar yordam qo’lini cho’zishi, pul ham davlat, ham xususiy sektordan kelishi kerak. Iqlim buzilayotganiga hammamiz javobgarmiz. Ularga ko’z yumish barchaga qimmatga tushadi",- deydi mutaxassis.

Dunyo ahli iqtisodiy krizis iskanjasidan chiqishga urinar ekan, mablag’ jalb qilish oson emas. Ammo harakat qilsak, ijobiy o’zgarishlarga erisha olamiz, deya umid bildiradi olima Rozina Bierbaum.

"Moliyaviy krizisdan chiqib olish uchun qariyb 400 milliard dollar sarmoya ajratilgan. Shuning yarmi suv va energetika uchun",- deydi u.

Jahon Banki a’zo davlatlarga qarz berish strategiyasini ham o’zgartirmoqda.

Keti Sierra, bankning taraqqiyot dasturlari bo’yicha vitse-prezidenti deydiki, muqobil manbalardan energiya olish uchun ko’proq mablag’ ajratilyapti.

"Bu sohaga o’tgan yili eng ko’p kredit ajratdik – 3.3 milliard dollar. Kelajak energiyasiga sarmoya bu",- deydi u.

Jahon Bankini bu yili energetika va iqlim o’zgarishini bosh masalalar deb belgilagan va hukumatlarni tejamkorlikka undamoqda.

"Iqlimdagi o’zgarishlar kambag’al davlatlarni aholi hayotini yaxshilash uchun zarur mablag’dan ayirmoqda",- deydi Keti Sierra.

Shu yil dekabrida hukumatlar Kyoto protokolini yangilash uchun bir davraga to’planmoqda. Zaharli gazlarni kamaytirishga qaratilgan bu hujjat muddati 2012 yilda tugaydi. AQSh, Xitoy, Hindiston kabi yirik davlatlar uni haligacha imzolamagan.

Shu mavzuda

XS
SM
MD
LG