Sog'liqni saqlash AQShda juda qimmat/US health care cost

Your browser doesn’t support HTML5

Sog'liqni saqlash Amerikada eng og'ir masalalardan biri. Birinchidan qimmat, ikkinchidan esa tizim juda murakkab. Tibbiy sug'urtasi yo'q bemor oddiy tez yordam uchun minglab dollar to'lashga majbur. Prezident Barak Obama barcha amerikaliklardan tibbiy sug'urta sotib olishni talab qilmoqda va bu borada qonun qabul qilingan. Lekin muxolifat, ya'ni respublikachilar nazarida bunday talab konstitusiyaga zid. Fuqaroni istamagan narsasini sotib olishga majbur qilish erkinlikni buzishdir, deydi ular. Millionlab amerikaliklar ham shu fikrda.