Mintaqa davlatlari suv masalasida ikkiga bo'lingan

Suv taqchilligi Markaziy Osiyoni birdam bo’lishga majbur qilmoqda.

Qozog`iston, Turkmaniston va O`zbekiston mintaqaning suvga boy ikki davlati - Tojikiston va Qirg`iziston pozitsiyasiga qarshi hozirlanmoqda.

Orol dengizini qutqarish xalqaro jamg`armasiga a`zo davlatlarning shu oy Almatida o`tishi kutilayotgan sammiti ko’p narsaga oydinlik kiritishi mumkin.

Ostona va Toshkentning bu boradagi pozitsiyasi yaqin. O`tgan yil kuzatilgan suv taqchilligi har ikki davlat qishloq xo`jaligiga tasir qilgan.

Turkmaniston prezidenti Qurbonguli Berdimuhammedov O`zbekistonga tashrifi davomida masalaga to’xtalgan.

Turkmaniston va O’zbekiston Amudaryoning quyi qismida joylashgan. Suv taqsimoti xalqaro huquqiy me`yorlar asosida hal etilishi lozim, deydi Berdimuhammedov.

Orolni qutqarish xalqaro jamg`armasi sammiti arfasida Turkmaniston, Qozog`iston va O`zbekiston bir to’xtamga kelgan ko’rinadi.

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi a’zosi, akademik Bekjon Toshmuhammedovning aytishicha, bu faqat davlat rahbarlari hal qilishi mumkin bo’lgan masala.

“Pravda vostoka” gezetasi Bishkekdagi iqtisodiy tadqiqotlar markazi direktori Sapar Orazboyevning qir`giz matbuotida e’lon qilingan fikrlarini chop etgan.

Kreml Qirg’izistondagi “Qambarota” gidroelektrostansiyasi (GES) qurilishi uchun 2 milliard dollar ajratishga va’da bergan. Bu, deydi Orazboyev, O`zbekiston va Qozog`istonni nazorat qilishga qaratilgan siyosiy kapital.

Qirg’iziston uchun bu loyiha energetik mustaqillikni anglatadi. Gidrosanoat iqtisodiyotning muhim tarmoqlaridan biridir.

Ma`lumotlarga ko`ra, Tojikistonda ham Rog`un GESi qurilishi boshlagan. Rasmiy Dushanbe loyihani amalga oshirishda Rossiya va Eron sarmoyasiga umid qilib keladi. Tojikiston ham suvdan energiya olib, iqtisodiy ahvolini tiklamoqchi.

G`arb suv masalasida mintaqa davlatlari o`rtasiga tushmoqchi emas.

Sharhlovchilar nazarida Rossiyaning aralashuvi muammoni chuqurlashtirmoqda.

“Rossiya Tojikistonda ham, Qirg’izistonda ham gidroelektrstansiyalar qurilishida qatnashishdan voz keshishi kerak. Toki suv muammosi mintaqa davlatlari o`rtasida o`zaro hal etilmaguncha”, - deydi sharhlovchi Fayzulla Is’hoqov.

Yaqinda Tojikistonda safarda bo`lgan Yevropa Ittifoqining mintaqadagi maxsus vakili Pyer Morel ulkan to`g`onlar qurish rejasidan voz kechishga chaqirgan.

Qirg`iziston va Tojikistonda GES qurilishlari sobiq ittifoq paytida rejalangan edi.
Amudaryo va Sirdaryoni o`zanlarida qurilishi rejalangan bu to`g`onlar balandligi 400 metrgacha bo’lishi mumkin.

“Mintaqa hozir qurg`oqchilik davriga kirgan. Boshqa tomondan muzliklar erimoqda. Tojikiston va Qirg’izistonning suv to’g’onlarini qurish loyihasi ekologlar tomonidan to’liq kafolatlanishi kerak. Sovet davrida ham to`gonlar qurilgan, lekin pastdagi davlatlar avval belgilangan miqdorda suv olib turhgan”, - deydi sharhlovchi Komron Aliyev.

Daryo boshida joylashgan Qirg’izistonda energiya yetishmovchiligi kuzatiladi. Ayniqsa, qish mavsumida muammo yanada dolzarb tus oladi.

O`zbekiston va Qozog`iston vaziyatni yengillashtirish etish uchun amaliy yordam bermaydi. Shu bois Bishkek va Dushanbe muammoni yangi suv to’g’onlari ko’tarish orqali hal etmoqchi.