23 iyul kuni Qirg’iziston prezidentni saylaydi. Mamlakatda saylovga tayyorganlik qizg’in.
Saylovoldi jarayon, nomzodlar dasturlari shu yerlik o’zbeklarning ham diqqat markazida. Ko’cha-ko’yda, choyxonalarda, uchrashuvlarda eng dolzarb mazu.
Kuzatuvchilar nazarida o’zbek millatiga mansub saylovchilarning ko’pi har doim amaldagi hukumatning tarafdori bo’lgan.
Bu safar ham shunday. Hozirgi rahbar, prezidentlikka nomzod Kurmanbek Bakiyev nomi tez-tez tilga olinadi.
Respublika va O’sh shahri o’zbek milliy madaniy markazlari hay’ati azosi Shavkatbek Tojiboyevning aytishicha, markaz Bakiyevni qo’llab-quvvatlashga qaror qilgan. Ular prezident mintakadagi muammolarni hal qiladi degan umidda.
O’shlik tahlilchi Ahmadjon Muhammadjonovning aytishicha, bo’lajak rahbar iqtisodiy, ijtimoiy islohotlar, qo’shni davlatlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirishi kerak. Qirg’iziston aholisining kamida 15 foizini tashkil qilayotgan o’zbeklar saylovda faol qatnashish istagida.